21:07 / 19.09.2015
3696

Arsen Venger “Chelsi” o‘yinchisi Kostani ig‘vogar, uning uchrashuv oxirigacha o‘ynaganini esa sharmandalik deb atadi

Londonning “Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger “Chelsi”ga qarshi uchrashuvdan keyin hakamlarning ishidan shikoyat qildi. Uchrashuv “Chelsi”ning foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi.

“Men bugungi vaziyatni tushuna olmayapman. Kostani o‘yindan ikki marta chetlatish kerak edi. O‘yin boshida nima bo‘lganiga bir qarang. Kosta Koselnining yuziga ataylab urdi. U ig‘vogarlik qildi. U har bir uchrashuvda o‘zini shunday tajovvuzkorona tutadi. Va Kostaning bunday qilg‘iliqlari hakamlarning uquvsizligi sababli jazosiz qolmoqda.
“Arsenal”ning ikki o‘yinchisi chetlatilib, Kostaning maydonda qolgani bu sharmandalikdir”, deb aytdi fransuz mutaxassisi.

“Chelsi” va “Arsenal” o‘rtasidagi o‘yinni Maykl Din boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqardi.

Top