13:46 / 19.09.2015
1811

Arsen Venger: Chexning harakatlari "Chelsi"ga qarshi o‘yinda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi

“Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Vengerning fikricha, yozda “Chelsi”dan "kanonirlar" safiga ko‘chib o‘tgan darvozabon Petr Chex “aristokratlar”ga qarshi bugungi uchrashuvda muhim rol o‘ynashi mumkin.

“Siz Chex darvozasiga gol urish uchun shunchaki ideal hujum tashkil qilishingiz kerak. Men uning turli mayda narsalarga chalg‘imasdan e'tiborini faqat o‘yinga qaratishini istayman. Qadrdon klubga qarshi o‘ynash hamisha qiyin bo‘lgan. Men aynan shu sababli ham uni Superkubok bahsida maydonga tushirdim, o‘sha o‘yinda Chex o‘z ishini a'lo darajada bajardi. U bir o‘zi bahs taqdirini hal qila oladi", - deydi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, bugun APLning 6-tur o‘yinlari Londonda, Toshkent vaqti bilan soat 16:45da "Chelsi" va "Arsenal" uchrashuvi orqali boshlanadi.

Top