11:39 / 19.09.2015
2043

Bolgariyaning farmatsevtika va tibbiyot sanoati vakillari Toshkentda o‘zbek-bolgar biznes-forumida ishtirok etadi

2015 yilning 30 sentabr kuni o‘zbek-bolgar biznes-forumi hamda o‘zbek va bolgar ishlab chiqaruvchilarining ikki tomonlama muzokaralari bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi.

Biznes-forum Bolgariya Respublikasi tadbirkor doiralari delegatsiyasining 2015 yil 28 sentabr-2 oktabr kunlarida O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Tashrifdan maqsad O‘zbekiston va Bolgariya Respublikalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat.

Delegatsiya tarkibidan Kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash ijroiya agentligi vakillari, Bolgariyaning farmatsevtika sanoati, tibbiyot texnikalari va tibbiy tekstil ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalar o‘rin egallagan.

Tashrif doirasida “UZMEDEXPO 2015” xalqaro ko‘rgazmasida bo‘lish, biznes-forum o‘tkazish, b2b uchrashuvlar tashkil etish, shuningdek, respublikalar ishlab chiqarish sohalarining ikki tomonlama hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Top