16:44 / 19.09.2015
6246

Chevrolet Malibu yilning eng yaxshi avtomobili nomiga da'vogarlik qilmoqda

«Dunyo yil avtomobili» tanlovi (World Car of the Year, WCOTY) tashkilotchilari Frankfurtdagi avtosalonda 2016 yilning eng yaxshi avtomobili nomini qo‘lga kiritishga da'vogar avtomobillar ro‘yxatini e'lon qilgandi.

Qayd etish kerakki, 21ta turdagi modellar nomi qayd etilgan bu ro‘yxatda Chevrolet Malibu nomini ham ko‘rish mumkin.
WCOTY g‘olibi 2016 yilning martida Nyu-Yorkdagi motoshou vaqtida aniqlanadi.

Ma'lumot uchun, bu nominatsiyaning o‘tgan yilgi g‘oliblari A3 (Audi) va Mercedes-Benz C-Class hisoblanishadi.

Top