08:42 / 19.09.2015
2318

Demokratlarning homiylari AQSh vitse-prezidenti Jo Baydenni prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga undashmoqda

AQSh Demokratik partiyasining bir guruh homiylari AQSh vitse-prezidenti Jo Baydenni 2016 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga undashmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Homiylarning aytishicha, ular Baydenning nomzodini rasman qo‘llab-quvvatlashmoqda. Ularning aytishicha, Bayden vitse-prezident lavozimida katta natijalariga erishdi. Xususan, uning bevosita sa'y-harakatlari bilan yangi ish o‘rinlari tashkil etildi, ishsizlik darajasi pasaydi, Iroqdagi va Afg‘onistondagi urush yakunlandi.

Avvalroq The Late Show ko‘rsatuvida boshlovchi Stiven Kolber agar Bayden prezidentlik saylovlarida ishtirok etsa “hamma xursand bo‘lishi”ni aytganda, Bayden Kolberning o‘ziga saylovlarda ishtirok etishni taklif qilib, unga ham vitse-prezident bo‘lishga va'da bergan edi.

Top