21:31 / 19.09.2015
4034

FIFA Ispaniya futbol federatsiyasiga Arda Turonni yangi mavsumga arizaga kiritishga ruxsat bermadi

FIFA Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga “Barselona”ning yangi o‘yinchisi Arda Turonni yangi mavsumga e'lon qilingan futbolchilar safiga kiritishga ruxsat bermadi. Bu haqda Ispaniyaning “Sport” nashri ma'lum qildi. 

FIFA “Barselona”ga yosh futbolchilarning transferida yo‘l qo‘ygan qoidabuzarliklari sababli yangi o‘yinchilarni ro‘yxatga olishni taqiqlab qo‘ygan edi. Bu taqiqlov 2016 yilning yanvarigacha amal qiladi. “Ko‘k-anor ranglilar” yozda Arda Turon va Aleysha Vidalni o‘z saflariga qo‘shib olgan edilar, biroq ularni mavsum boshida ro‘yxatdan o‘tkaza olmadilar.

Biroq “Barsa” Ispaniya futbol federtsiyasiga istesno tariqasida Turonni Chempionlar Ligasida “Roma”ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan Rafinyaning o‘rniga kiritish haqida ariza topshirdi. Braziliyalik futbolchi oyoq bo‘g‘inlari cho‘zilishi sababli bir necha oyga safdan chiqdi.

Ispaniya futbol federtsiyasi kutilmaganda bunga rozilik berdi, biroq FIFA taqiqlov 2016 yilgacha davom etishini eslatgan holda bu qarorni amalga oshirishni taqiqlab qo‘ydi.

Top