11:27 / 19.09.2015
8678

Internetda qozog‘istonlik chol va kampir zamonaviy musiqalarga raqs tushgani aks etgan video ommalashib ketdi

Internetda tabassum uyg‘otuvchi yana bir video paydo bo‘ldi. Ushbu videoda milliy erkaklar bosh kiyimi kiyib olgan va ro‘mol o‘rab olgan qozoq millatiga mansub chol va kampir qandaydir ko‘ngilochar tadbirida mashhur zamonaviy qo‘shiqlarga yoshlardan qolishmagan holda raqs tushayotganlarining guvohi bo‘lish mumkin.

Rolik “Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi “Yesjye, ya priyezjiy!” guruhining sahifasida chop etildi.

Videoda uzun soqolli chol va oq ro‘mol o‘rab olgan kampir Reel 2 guruhining “I Like To Move” (“Madagaskar” multfilmidagi mashhur qo‘shiq) qo‘shig‘iga jo‘shqin harakatlar bilan raqsga tushayotganlarini ko‘rish mumkin.

Biroq chol-kampir raqsbop ashula tugagandan keyin ham to‘xtash niyatida emasdi. Ular koreyalik rep ijrochi Psy’ning “Oppa Gangnam Style” ashulasini eshitishlari bilanoq ashuladagi harakatlarga monand harakatlar bilan raqsni davom ettirdilar.

Top