00:25 / 19.09.2015
2723

Liverpullik dasturchi zaharli modda sotib olgani uchun 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

London sudi ritsin zaharli moddasini xarid qilgan 31 yoshli liverpullik kompyuter dasturchisini 8 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Muhammad Ali ismli bu dasturchi qora bozorda 50 mg ritsin sotib olgan. Bu miqdordagi zaharlovchi modda nazariy jihatdan 1,4 ming kishining umriga zomin bo‘lishi mumkin edi. “Sotuvchi” aslida FQB agenti bo‘lib chiqdi.

“Har bir odam bilib qo‘yishi kerak, kimyoviy qurolga egalik qilish uzoq yililk ozodlikdan mahrum etish jazosini ko‘zda tutuvchi juda og‘ir jinoyatdir”, deb aytdi sud hakami Jon Sonders.

Sondersning ta'kidlashicha, Ali zaharni o‘zida saqlamoqchi bo‘lgan, biroq bu “keyinroq u bu modda bilan tajribalar o‘tkazishga qaror qilishi yoki boshqa qo‘llarga tushib qolishi mumkinligi sabab haqiqiy xavf solgan”.

Avvalroq dasturchi internet orqali zaharli moddani sotib olishda ayblangani ma'lum qilingan edi.

Top