11:03 / 19.09.2015
2301

Nepal markazidagi daraga avtobus qulashi natijasida 8 kishi halok bo‘ldi

18 sentabr kuni Nepalning markaziy qismidagi tog‘li hududda harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobus halokatga uchrashi natijasida 8 kishi halok bo‘ldi va 37 kishi jarohatlandi. Bu haqda Xinhua axborot agentligi xabar tarqatgan.

Mahalliy politsiya boshlig‘ining ma'lumot berishicha, bu hodisa Nepal poytaxti Katmandu shahridan 137 km uzoqlikdagi Ramechxap okrugida sodir bo‘lgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bu hodisa haydovchining aybi bilan sodir bo‘lgan.

Ayni vaqtda jarohatlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgan.

Top