18:45 / 19.09.2015
20198

Pasport qoidalarini buzish yuzasidan belgilangan jarimalar miqdori ma'lum qilindi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Ichki ishlar vazirligi Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan huquqbuzarliklar va jarimalar miqdori to‘g‘risida ma'lumotni e'lon qildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi moddalari, huquqbuzarlik turi, eng kam ish haqining miqdorida jarima qiymatlari belgilangan. Jumladan, pasport tizimi qoidalarini buzish, chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish, O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish, chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini buzish uchun belgilangan jarimalar miqdori sanab o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jarimalar eng kam ish haqining miqdorida tayinlangan bo‘lib, 2015 yil 1 sentbyardan boshlab O‘zbekistonda hududida eng kam ish haqi oyiga 130240 so‘m deb belgilangan.

Top