12:41 / 19.09.2015
1807

Raneri: "Stok Siti"ga qarshi o‘yinda gol o‘tkazishmasa, futbolchilarni pitssa bilan mehmon qilaman

"Lester" bosh murabbiyi Klaudio Raneri Angliya chempionatidagi muvaffaqiyatli yurishini davom ettirish maqsadida yangi uslub o‘ylab topdi.

"Agar shanba kuni bo‘ladigan o‘yinda "Britannii" stadionida gol o‘tkazib yubormasak, men butun jamoaga pitssa va balki xot-dog ham olib berishga va'da berdim", - deydi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, 5ta turdan keyin 3ta g‘alaba va 2ta durang qayd etgan jamoa 11 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. "Lester" bugun 18 o‘rindagi "Stok Siti" bilan o‘ynaydi.

Top