17:33 / 19.09.2015
2235

"Salomatlik poyezdi"da Orolbo‘yi mintaqasidagi kam ta'minlangan oilalarga dori-darmonlar olib borildi

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan navbatdagi “Salomatlik poyezdi” Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi.

Orolbo‘yi mintaqasidagi kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida “Toshkent — To‘rtko‘l — Miskin — Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan mazkur poyezdda jami 739 million 388 ming so‘mlikdan ziyod dori-darmon, tibbiy jihozlar va oziq-ovqat mahsulotlari keltirildi.

"To‘rtko‘l, Beruniy, Amudaryo, Ellikqal'a tumanlaridagi shifo maskanlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, mintaqadagi Mehribonlik uylari oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy jihozlar bilan ta'minlandi", — deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali direktori O‘rozgul Yembergenova.

"Xalq so‘zi" gazetasining yozishicha, ehtiyojmand oilalar farzandlariga turli darmondorilar ham tarqatildi.

Top