09:31 / 19.09.2015
4658

Toshkentda Oliy sud yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

18 sentabrda Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy sud hakamlari, viloyat va ularga tenglashtirishgan jinoiy va fuqarolik sudlari vakillari, Oliy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a'zolari, Senat a'zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, huquq-tartibot muassasalarining ma'sul xodimlari, huquqshunos olimlar, OAV vakillari ishtirok etdi. Bu haqda UzA xabar bergan.

Yig‘ilishni Oliy sud raisi Sh.G‘oziyev olib bordi.

Unda qonun ustuvorligini ta'minlash bo‘yicha Prezident Islom Karimov boshchiligida olib borilayotgan islohotlar sud-huquq tizimini demokratlashtirish va liberallashtirishga ko‘mak berishi ta'kidlab o‘tildi. Buning natijasida esa fuqarolarning huquq va erkinliklari mustahkamlanadi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan Oliy sud plenumining “Sudlanganlikni tugatish va olib tashlash bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi, “Psixiatrik statsionar, silga qarshi kurashuvchi muassasasining maxsus bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy ravishda davolanish uchun yotqizish va davolanish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi loyihalar inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashga xizmat qiladi, chunki tegishli qonunlarni qo‘llash va yagona sud amaliyotini shakllantirish uchun qaratilgan.

Ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Bosh prokurori I.Abdullayev ham ishtirok etdi.

Top