00:28 / 20.09.2015
2714

“Vest Xem” mehmonda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, APLda 2-o‘ringa chiqib oldi

“Manchester Siti” jamoasi Angliya Premer-ligasining 6-turidan o‘rin olgan “Vest Xem”ga qarshi uchrashuvda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv Manchesterdagi “Etixad – Siti of Manchester” stadionida bo‘lib o‘tdi. Shaharliklar ushbu mavsumdagi ilk ochkolarini yo‘qotdilar.

Mehmonlar safida to‘plarni Viktor Mozes va Diafra Saxo kiritdi. Mezbonlarning yagona to‘pini Kevin De Bryoyne amalga oshirdi.

Ayni paytda shaharliklar musobaqa jadvalida 1-o‘rinni egallamoqdalar va o‘z hisoblarida 15 ochkoga egalar. 12 ochko to‘plagan “Vest Xem” esa jadvalning 2-o‘riniga ko‘tarilib oldi.

Angliya Premer-ligasi. 6- tur
Manchester Siti – Vest Xem Yunayted – 1:2
Gollar: Mozes, 6 (0:1); Saxo, 31 (0:2); De Bryoyne, 45+2 (1:2).
Ogohlantirishlar: Kolarov, 54 – Lansini, 22; Obyang, 45+5.

Top