23:20 / 20.09.2015
3175

Angliya Premer-ligasi, 6-tur natijalari: “Liverpul” o‘z maydonida “Norvich Siti” bilan durang o‘ynadi, “Tottenxem” “Kristal Pelas”ni yutdi

20 sentabrda “Liverpul” Angliya Premer-ligasining 6-turida o‘zining maydonida “Norvich Siti”ni yuta olmadi, uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Mersisaydliklar 48-daqiqada Denni Ingsning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldilar. “Norvich” Rassel Martinning 61-daqiqadagi to‘pi evaziga hisobni tenglashtirishdi.

“Liverpul”ning yutuqsiz seriyasi Yevropa ligasi bilan hisoblaganda 5 o‘yindan beri davom etmoqda. Brendan Rodjyers shogirdlari 23 sentabrda Angliya ligasi kubogining 3-bosqichida “Karlayl Yunayted”ga qarshi uchrashuvda bunga chek qo‘yishlari mumkin.

6 ta turdan keyin “Liverpul” va “Norvich Siti”ning hisobida 8 tadan ochko bor.

Angliya Premer-ligasi. 6- tur
Liverpul (Liverpul) – Norvich Siti (Noridj) – 1:1
Gollar: Ings, 48 (1:0); Martin, 61 (1:1).

Yana bir uchrashuvda Son Xyun Minning goli “Tottenxem”ga o‘z maydonida “Kristal Pelas” ustidan minimal hisobda g‘alaba olib keldi. Uchrashuvdagi yagona to‘p 68-daqiqada urildi. “Tottenxem”ning janubiy koreyalik o‘yinchisi uchun bu to‘p Angliya chempionatidagi ilk to‘pi bo‘ldi.

“Tottenxem” musobaqa jadvalida 9 ochko bilan 9-o‘rinda, “Kristal Pelas” esa 9 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

Tottenxem Xotspur (London) – Kristal Pelas (London) – 1:0
Gollar: Min, 68 (1:0).

Top