11:55 / 20.09.2015
3258

Bir kunda Avstriyaga 13 ming qochqin kirib keldi

Shanba, 19 sentabr kuni davomida Avstriyaga Vengriya hududi orqali 12-13 ming qochqin kirib keldi, deya yozmoqda Die Welt.

Bu haqda Avstriya Qizil xoch tashkiloti rahbari Jyerri Foytik ma'lum qilgan.

O‘z navbatida, politsiya 10 ming atrofidagi muhojirlar kirib kelishini taxmin qilayotgan edi.

Avvalroq esa Sloveniya ham ikki kun ichida 1,5 ming qochqinni ro‘yxatga olganini xabar bergan edi.

Top