08:55 / 20.09.2015
1928

Bolgariya noqonuniy muhojirlar uchun chegaralarini yopishini ma'lum qildi

Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov mamlakat noqonuniy muhojirlar uchun chegaralarini yopganini ma'lum qildi. Bu haqda 19 sentabrda OFFNews.bg portali xabar berdi

“Chegarani belgilangan tartibda o‘tmoqchi bo‘lganlar o‘tkaziladi, qolganlarga ruxsat yo‘q”, deb aytdi Borisov.

Borisov muhojirlarning vaziyati fojiali ekanini va hech kim butun Yevropani qamrab olgan migratsion inqirozga xotirjamlik bilan qarab o‘tirishni istamayotganini aytdi. Biroq Borisovning aytishicha, mamlakat qonunlariga amal qilinishi kerak.

Borisovning aytishicha, Bolgariya Turkiya politsiyachilari bilan hamjihatlikda harakat qilmoqda. Turk politsiyachilari muhojirlarni chegaragacha 40 km yaqinga qo‘ymayapti. Faqatgina yengil va yuk mashinalari o‘tkazilmoqda.

Top