16:29 / 20.09.2015
2669

Burkina-Fasoda qo‘zg‘olonchi harbiylar hokimiyatni topshirishi mumkin

G‘arbiy Afrika mamlakatlari Burkina-Fasoda davlat to‘ntarish amalga oshirgan harbiylar bilan muzokara o‘tkazadi.

Ushbu muzokaralar natijasida hokimiyatni to‘ntarish yo‘li bilan egallab olgan harbiylar chekinishi kutilmoqda.

20 sentabr kungi muzokarada qatnashuvchilardan biri Benin prezidenti Tomas Boni Yayining aytishicha, muzokaralar so‘ngida "yaxshi yangilik" bo‘ladi.

Biroz oldinroq, to‘ntarish amalga oshirgan harbiylar va ularga qarshi tomon o‘rtasidagi to‘qnashuv natijasida kamida 100 kishi halok bo‘lgan va 100 nafar atrofidagi kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

Hafta boshida mamlakatning vaqtinchalik prezidenti Mishel Kafondo garovga olingan, payshanba kuni u va uning vazirlari ozodlikka chiqarilgandi.

Top