09:39 / 20.09.2015
1677

Dominikanda bir yil ichida 5,2 ming kishi denge bezgagiga chalindi

Dominikan Respublikasi hukumati denge xastaligining xavfi haqida to‘xtalib, bir yil ichida 5,2 ming kasallikka chalinish holati qayd etilganini e'lon qildi. Bu 2014 yildan ko‘ra 800taga ko‘p demakdir.

Shu bilan birga, kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumganlar soni 57 kishi bo‘lib, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 40 nafarni tashkil etgan, deya xabar bermoqda Associated Press.

Qayd etilishicha, iskaptopar chivinlar tomonidan kasallik yuqtirilishi avgust-yanvar oylarida yung yuqori cho‘qqisiga chiqmoqda.

Bundan avvalroq esa Tayvanda ayni shu xastalikdan ko‘z yumganlar soni 25 kishiga yetgani xabar qilingan edi.

Top