19:56 / 20.09.2015
2140

Fettel “Formula-1” poygasining Singapur Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi, Xemilton esa poygadan chiqib ketdi

“Ferrari” jamoasi a'zosi Sebastyan Fettel “Formula-1” poygasi Singapur Gran-prisini yutdi. Marraga ikkinchi bo‘lib “Red Bull” a'zosi Daniel Rikkardo yetib keldi. 3-o‘rinni “Ferrari”ning yana bir poygachisi Kimi Raykkonen egalladi.

Rossiyalik poygachi Daniil Kvyat 6-o‘rinni egalladi, u ikki marta trassaga xavfsizlik mashinasi chiqqani sababli o‘z pozitsiyasini yo‘qotdi. Birinchi holda xavfsizlik mashinasi Felipe Massa va Niko Xyulkenbergning to‘qnashuvidan keyin, ikkinchi holda esa trassaga qandaydir odam yugurib chiqqanda trassada paydo bo‘ldi.

Poyga yetakchisi Lyuis Xemilton bolididagi mexanik nosozliklar tufayli poygadan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Umumiy hisobda 2-o‘rinni egallayotgan Niko Rosberg marraga to‘rtinchi bo‘lib keldi.

Formula-1. Singapur Gran-prisi.

1. Sebastyan Fettel («Ferrari»)
2. Daniel Rikkardo («Red Bull») +1.4
3. Kimi Raykkonen («Ferrari») +17.1
4. Niko Rosberg («Mersedes») +24.7
5. Valtteri Bottas («Uilyams») +34.2
6. Daniil Kvyat («Red Bull») +35.5
7. Serxio Peres («Fors Indiya») +50.8
8. Maks Ferstappen («Toro Rosso») +51.4
9. Kichik Karlos Sayns («Toro Rosso») +52.8
10. Felipe Nasr («Zauber») +90.0
11. Markus Eriksson («Zauber») +97.5
12. Pastor Maldonado («Lotus») +97.7
13. Romen Grojan («Lotus») +2 kruga
14. Aleksander Rossi («Manor») +2 kruga
15. Uill Stivens («Manor») +2 kruga
Djyenson Batton («Maklaren») — marraga yetib kelmadi
Fernando Alonso («Maklaren») — marraga yetib kelmadi
Lyuis Xemilton («Mersedes») — marraga yetib kelmadi
Felipe Massa («Uilyams») — marraga yetib kelmadi
Niko Xyulkenberg («Fors Indiya») — marraga yetib kelmadi

Top