21:36 / 20.09.2015
2538

Italiya chempionati, 4-tur: “Yuventus” chempionatdagi birinchi g‘alabasiga erishdi, “Roma” “Sassuolo” bilan durang o‘ynadi

Italiyaning amaldagi chempioni “Yuventus” 2015/16 yillardagi mavsumda A seriyasining 4-turida o‘zining birinchi g‘alabasiga erishdi. Turinliklar mehmonda Genuyaning “Jyenoa” jamoasini 0:2 hisobida mag‘lub etishdi. Uchrashuvning 37-daqiqasida “Jyenoa” darvozaboni Eugenio Lamanna o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ydi, 60-daqiqada esa Pol Pogba 11 metrlik jarima to‘pini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Mezbonlar 43-daqiqada Armando Itstsoning maydondan chetlatilishi tufayli kamchilik bo‘lib qoldilar.

Italiya. A seriyasi. 4- tur
Jyenoa (Genuya) – Yuventus (Turin) – 0:2
Gollar: Lamanna, 37 (0:1, avtogol); Pogba, 60 (0:2, pen).
Chetlatish: Itstso, 43 (Jyenoa).

Turning yana bir uchrashuvida “Roma” o‘z maydonida “Sassuolo” bilan 2:2 hisobida durang natija qayd qildi. Rimliklar uchrashuv davomida ikki bor hisobda orqada qolib, o‘yinni durang bilan yakunlashga muvaffaq bo‘lishdi. 38 yoshli afsonaviy Franchesko Totti “Roma” uchun o‘zining 300 to‘pini (A seriyasidagi 244 to‘pini) kiritdi. Totti “Roma” safida 13 yildan beri to‘p surib keladi.

Qolgan uchrashuvlar quyidagi hisob bilan yakunlandi:

Torino (Turin) – Sampdoriya (Genuya) – 2:0
Gollar: Kvalyarella, 17 (1:0); Kvalyarella, 24 (2:0).

Bolonya (Bolonya) – Frozinone (Frozinone) – 1:0
Gollar: Mune, 27 (1:0).

Atalanta (Bergamo) – Verona (Verona) – 1:1
Gollar: Morales, 89 (1:0); Pizano, 90+7 (1:1).
Chetlatish: Yankovich, 79 (Verona).

Kevo (Verona) – Inter (Milan) – 0:1
Gollar: Ikardi, 42 (0:1).

Top