01:22 / 20.09.2015
9431

KUN.UZ dayjesti: 19 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 19 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Yo‘l qoidasi buzilishi yuzasidan belgilanadigan jarimalar miqdori e'lon qilindi>>

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan yo‘l qoidasi buzilishi yuzasidan belgilanadigan jarimalar miqdori e'lon qilindi

Pasport qoidalarini buzish yuzasidan belgilangan jarimalar miqdori ma'lum qilindi>>

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Ichki ishlar vazirligi Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan huquqbuzarliklar va jarimalar miqdori to‘g‘risida ma'lumotni e'lon qildi

IIV: Biznes-markazdagi yong‘inda qurbon bo‘lganlar yo‘q>>

2015 yil 18 sentabr kuni taxminan soat 18dan 46 daqiqa o‘tganda Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Markaziy dispecherlik xizmatiga shaharning Amir Temur shoh ko‘chasida joylashgan 12 qavatli Biznes markazi binosining tashqi tomonida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida xabar kelib tushgan

BAA shahzodasi shayx Rashid ibn Muhammad Al-Maqtum yurak xurujidan vafot etdi>>

Bugun, 19 sentabr kuni BAA shahzodasi, Dubay amirligi taxti vorislaridan biri shayx Rashid ibn Muhammad Al-Maqtum vafot etdi. Bu haqda amirlik ma'muriyati rasman ma'lum qildi

OAV: Pentagon Rossiyaga qarshi yangi harbiy reja tayyorlamoqda>>

Pentagon Boltiqbo‘yi mintaqasida Rossiyaga qarshi yangi harbiy rejalarni tayyorlamoqda

Gretsiya sohilida 5 yoshli suriyalik qizchaning jasadi topildi>>

Turkiyadan Gretsiyaga dengiz orqali o‘tish paytida 5 yoshli suriyalik qizcha halok bo‘ldi

AQSh va Rossiya mudofaa vazirlari Suriyadagi vaziyatni muhokama qildilar>>

AQSh va Rossiya mudofaa vazirlari Eshton Karter va Sergey Shoygu bu yilda birinchi marta muzokaralar o‘tkazdilar

Yaponiya parlamenti o‘z harbiylariga xorijdagi jangovor harakatlarda ishtirok etishga ruxsat berdi>>

Yaponiya parlamenti oliy palatasi ko‘pchilik ovoz bilan milliy mudofaa kuchlarining vakolatlarini kengaytirish haqidagi qonunlar paketini qabul qildi

Qozog‘istondagi neft havzasida chiqqan yong‘in 5 ming kv m maydonga tarqaldi>>

Qozog‘iston g‘arbidagi neft havzasida kelib chiqqan yong‘in atrofga tarqalishda davom etmoqda va ayni paytda 5 ming kv m maydonni qamrab olgan

O‘zbekiston Yevropaga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha navbatdagi shartnomalarni imzoladi>>

2015 yilning 2-5 sentabr kunlari Latviya poytaxti Riga shahrida “Riga Food 2015” xalqaro qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

IShID jangarilari Suriyada ommaviy qatl uyushtirdi>>

Suriyada o‘rnashgan IShID jangarilari mamlakat shimoli-g‘arbidagi aviabazada asirlikdagi 56 nafar suriyalik harbiyni ommaviy ravishda otib tashladi

MAN Auto Uzbekistan ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga 30 mln dollar sarflaydi>>

Samarqand viloyatida joylashgan MAN Auto Uzbekistan O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi MAN yuk mashinalari ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishga 30 mln dollarga yaqin mablag‘ sarflaydi

"Chelsi" "Arsenal"ga qarshi derbi bahsida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi>>

Londondagi "Stemford Brij" o‘yingohida APLning 6-turi doirasida "Chelsi" hamda "Arsenal" klublari o‘rtasidagi derbi bahsi o‘takazildi. Ushbu bahsda 2:0 hisobida mezbonlar g‘alaba qozondi

Top