10:04 / 20.09.2015
1993

La liganing 4-turida "Atletiko" safarda "Eybar"ni mag‘lub etdi

19 sentabr kuni "Real" va "Granada" o‘rtasidasidagi bahs orqali La Liganing 4-turiga start berildi. Bu o‘yinda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi va turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Bu o‘yindan keyin chempionatning 4-turi birinchi kuni doirasida yana 4ta uchrashuv o‘tkazildi.

Eybar – Atletiko

Yangi mavsumda hal mag‘lubiyatga uchramay kelayotgan "Eybar" 4-turda "Atletiko"ni qabul qildi. Bu uchrashuvda Torresning goli va golli uzatmasi “Atletiko”ga mehmonda g‘alaba olib keldi. Endi "matraschilar" hisobida 10 ochko va jamoa 2-o‘ringa ko‘tarildi. "Eybar" esa 7 ochko bilan 6-o‘ringa tushdi. 

Eybar – Atletiko M  – 0:2
Gollar: Korrea, 62 (0:1); Torres, 77 (0:2).

Real Sosedad – Espanol

“Espanol” mehmonda “Real Sosedad” ustidan 2:3 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarni mezbon jamoa safida Imanol Agireche, Jonatas, mehmon jamoa safida esa Xerar Moreno, Enso Roko, Ernan Peres hisobiga yozildi. Uchrashuv 1-bo‘limining oxirida “Real Sosedad” darvozaboni Xeronimo Ruli maydondan chetlatildi va mezbonlar 2-bo‘limni bir kishiga kam bo‘lib o‘tkazishga majbur bo‘lgan.

“Espanol” ushbu g‘alabasi evaziga musobaqa jadvalida 4 ta o‘yindan keyin 6 ochko jamg‘argan holda 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Real Sosedad” esa 4ta o‘yindan keyin 2 ochko to‘plagan holda 16-o‘rinda bormoqda.

Real Sosedad – Espanol  – 2:3
Gollar: Agireche, 20 (1:0); Moreno, 44 (1:1, pen); Roko, 71 (1:2); Jonatas, 86 (2:2); Peres, 90 (2:3).
Chetlatish: Ruli, 42 (Real Sosedad).

 

Valensiya – Betis 

Valensiyadagi yana bir uchrashuvda «Mestalya» stadionida mahalliy “Valensiya” klubi uchrashuvning 2-bo‘limida bir kishiga ko‘p bo‘lib harakatlanganiga qaramasdan o‘z uyida Sevilyaning “Betis” klubini yuta olmadi: uchrashuvning 48-daqiqasida sevilyaliklar yarimhimoyachisi Dani Sebalos maydonni tark etdi. Uchrashuvda 0:0 hisobidagi durang natija qayd qilindi. Ayni paytda "Valensiya" 6 ochko bilan 7-o‘rinda, "Betis" esa 5 ochko bilan 10-o‘rinda joylashgan.

Valensiya – Betis  – 0:0
Chetlatish: Sebalos, 48 (Betis).

Xetafe - Malaga

"Xeatfe" "Malaga"ni qabul qildi. Dastlabki 3 o‘yinda har ikkala klub ham g‘alaba qozonmagan edi. Bu safar mezbonlar ana shu noxush an'anaga barham berishdi. Chepovichning 2 daqiqada urgan goli yagona bo‘ldi va "Malaga" dastlabki yutuqni tantana qildi.

Xetafe - Malaga 1:0
Gol: 1:0 – 2 Shepovich.

Top