10:13 / 20.09.2015
1975

Malida qurolli hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Malida qurolli hujum oqibatida ikki nafar politsiyachi va ikki nafar fuqaro halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy politsiya xodimiga iqtibos keltirgan holda “Frans Press” axborot agentligi.

Politsiyachining ma'lumotiga ko‘ra, voqea 19 sentabrda Burkina-Faso chegarasiga yaqin bo‘lgan qishloqda sodir bo‘lgan.

Jinoyatchilar mototsikldan odamlarga qarata o‘q uzib, voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Bir nafar politsiyachi va fuqaro olingan jarohatlardan voqea joyida, qolgan ikki qurbon keyinroq halok bo‘lgan.

Politsiyachining ta'kidlashicha, jinoyatchilar “Ke-Masinani ozod qilish fronti” deb nomlanuvchi yangi esktremistik guruh a'zolari bo‘lishi mumkin. Politsiya xodimlari guruhning bazasi Burkina-Fasoda joylashgani ehtimoli bo‘yicha tergov o‘tkazmoqdalar.

Top