18:47 / 20.09.2015
2503

Oliy liganing 22-turidan keyin "Paxtakor" "Lokomotiv" bilan 5 ochkolik farqni saqlab qoldi

19-20 sentabr kunlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionatining 22-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

"Lokomotiv" - "Nasaf"

Dastlab, turning markaziy uchrashuvida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan uchrashib, minimal ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golga 47-daqiqada temiryo‘lchilar safida Sanjar Shoahmedov mualliflik qildi.

Bu o‘yindan keyin Vadim Abramov shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 54taga yetdi va jamoa uchinchi o‘rindagi "Nasaf" (48 ochko) jamoasi bilan oradagi farqni 4ta ochkoga oshirdi.

"Lokomotiv" - "Nasaf" - 1:0

Gol: 1:0 - 47 Shoahmedov

 

"Navbahor" - "Paxtakor"

Bugun esa Toshkentning yana bir jamoasi "Paxtakor" Namanganning "Navbahor" jamoasi maydoniga safar qildi.

Bu uchrashuvda Adnan Oraxovats tomonidan 77-daqiqada urilgan gol yagonaligini saqlab qoldi. Endilikda "Paxtakor" hisobidagi ochkolar soni 59tani tashkil qilmoqda.

"Navbahor" - "Paxtakor" 0:1

Gol: Adnan Oraxovats (77)

 

"Neftchi" - Bunyodkor"

22-tur arafasida bosh murabbiy Murod Ismoilovni ishdan bo‘shatib, uning o‘rniga Andrey Fyodorovni tayinlagan "Neftchi" bugun o‘z uyida Toshkentning "Bunyodkor" jamoasini qabul qildi. Bu o‘yinda Kashkaval tomonidan 3-daqiqada urilgan yagona gol mezbonlarga g‘alaba keltirdi.

Endilikda "qaldirg‘ochlar" 44 ochkosi bilan 4-o‘rinda qoldi. O‘zaro o‘yinda 3 ochko olgan "Neftchi" hisobidagi ochkolar soni esa 43taga yetdi.

"Neftchi" - Bunyodkor" 2:0

Gol: Kashkaval (3), Murodbek Bobojonov (90+1)

Turning yana 5ta uchrashuvi quyidagicha yakunlangan.

 

"Metallurg" - "Dinamo" — 4:2

Gollar: 1:0 - 23 Vagapov, 2:0 - 64 Norbekov, 3:0 - 74 Vagapov, 3:1 - 78 Murzoyev, 3:2 - 83 Sharofutdinov, 4:2 - 86 Akbarov.

 

"Sho‘rtan" - "Andijon" - 0:0

 

"Qizilqum" - "Olmaliq" - 2:1

Gollar: 1:0 - 7 Derkach, 1:1 - 22 Turopov, 2:1 - 38 Vaxobov.

 

"Buxoro" - "Qo‘qon-1912" - 2:0

Gollar: 1:0 - 43 Ibragimov, 2:0 - 50 Sanayev

 

«Mash'al» - «So‘g‘diyona» - 0:0

Top