01:30 / 20.09.2015
4005

Shimoliy Koreya: Yaponiya mudofaa kuchlari vakolatlarini kengaytirish haqidagi qaror Osiyodagi tinchlikka xavf soladi

Yaponiyada mamlakat mudofaa kuchlari vakolatlarini kengaytirish haqidagi qaror Osiyo va butun dunyodagi tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. Bunday bayonot bilan Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi vakili aytdi

Vakilning aytishicha, Tokioga sayyoramizning istalgan nuqtasidagi harbiy harakatlarda ishtirok etishi, jumladan AQSh kuchlariga ko‘mak beradigan bu hujjat “Yaponiyaning boshqa davlatlarga bosqinchilik bilan kirishi uchun yo‘l ochib beradi”.

“Hozirgi vaziyat Shimoliy Koreyaning mudofaa manfaatlari yo‘lida harbiy salohiyatni mustahkamlash haqidagi qarorining to‘g‘ri ekanligini isbotlaydi”, deb hisoblanmoqda Shimoliy Koreyada.

Bayonotda ta'kidlanganidek, “Pxenyan keyinroq ham Shimoliy Koreyaga yo‘naltirilgan tajovvuzkor harakatlarga qarshi bu salohiyatni oshirib boraveradi”.

Top