20:58 / 20.09.2015
3248

Singapurda “Formula-1” poygasi paytida muxlis trassaga chiqib sayr qilib yurdi

20 sentabrda “Formula-1” poygasining Singapur Gran-prisi bosqichida poyga paytida bir muxlis trassaga chiqib ketdi. Bu haqda “Formula-1”ning tvitterdagi rasmiy blogida ma'lum qilindi.

Muxlis panjaradagi teshikdan o‘tib, trassa bo‘ylab sayr qilib yurdi. Shu munosabat bilan trassaga xavfsizlik mashinasi tushirildi. Qoidaga ko‘ra, poygachilar xavfsizlik mashinasi ortidan uni quvib o‘tmagan holda sekin yurishga majburlar. Bir necha daqiqadan keyin muxlis xavfli hududni unga qanday chiqqan bo‘lsa shunday yo‘l bilan tark etdi.

Singapur Gran-prisida Ferrari jamoasi poygachisi Sebastyan Fettel yutdi.

Avtopoyga yakunlanishiga 6 ta bosqich qolganda umumiy hisobda “Mercedes” jamoasining britaniyalik poygachisi Lyuis Xemilton yetakchilik qilmoqda (252 ochko). 2-o‘rinda uning jamoadoshi nemis Niko Rosberg (211), 3-o‘rinda esa Sebastyan Fettel (203) ketmoqda. Rossiyalik poygachi Daniil Kvyat 8-o‘rinda ketmoqda (66 ochko).

Navbatdagi poyga Yaponiyada 27 sentabrda bo‘lib o‘tadi. 11 oktabrda esa Sochida poyga tarixida ikkinchi marta Rossiya Gran-prisi bo‘lib o‘tadi.

Top