15:42 / 20.09.2015
2409

Xitoydagi maktabda dars vaqtida 190 nafarga yaqin o‘quvchi tutundan zaharlandi

Xitoyning shimoli-g‘arbidagi maktablardan birida yong‘inga qarshi kurash bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazilayotgan vaqtida 190 nafar atrofidagi o‘quvchi tutundan zaharlandi. Bu haqda The Washington Post xabar bergan.

Aniqlik kiritilishicha, jabrlanuvchilardan 9 nafarining ahvoli og‘ir.

Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, bu hodisa yuz berishidan oldin 412 nafar o‘quvchi ishtirokida yong‘in yoki boshqa favqulodda vaziyatlar vaqtida qanday harakatlanish bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlangan.

O‘qituvchilar ushbu mashg‘ulotda tutun generatorini qo‘llashgan. Shundan so‘ng, ko‘plab o‘quvchilar yo‘tala boshlagan.

Top