11:30 / 21.09.2015
2518

“Halol turizm-2015” xalqaro ko‘rgazmasi ishtirokchilar soni keskin ortib ketgani sababli 3 oyga qoldirildi

Hisob bo‘yicha ikkinchi bor tashkil etiladigan Musulmonlar uchun turistik xizmatlar xalqaro ko‘rgazmasi kelasi yilning bahorida Turkiyada bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada jahon iqtisodiy salohiyatini yuksaltiruvchi asosiy omillar hamda vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ham belgilangan. Eslatib o‘tamiz, “Halol turizm-2015” ko‘rgazmasi joriy yilning 25 dekabr sanasida o‘tishi kerak edi. Biroq mazkur xalqaro tadbirda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlarning keskin ortib ketishi uning keyingi yilga qoldirilishiga sabab bo‘lgan.
2016 yilning 21-23 mart kunlari Istambul shahrida bo‘lib o‘tadigan mazkur ko‘rgazmada dunyoning 50 ta mamlakatidan 1200 nafardan ziyod delegatlar, shu jumladan ekspertlar, soha mutaxassislari va mahsulot ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishi taxmin qilinmoqda. Bunday yirik turizm xalqaro ko‘rgazmasi ikkinchi bor Yevropada bo‘lib o‘tadi.

Manba: Muxlis.uz

Top