09:35 / 21.09.2015
2434

“Kamar va yo‘l” konsepsiyasi Shanxayda muhokama qilindi

18-20 sentabr kunlari Shanxay siyosiy-yuridik institutida “Markaziy Osiyo va ShHT” nomli 12-xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Simpoziumda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya va AQShdan tashrif buyurgan 70dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi. Unda ShHT davlatlarining “Buyuk Ipak yo‘li: kamar va yo‘l” konsepsiyasini amalga oshirishdagi hamkorlikdagi harakatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, mintaqada xavfsizlik va hamkorlik masalalari ham ishtirokchilarning e'tiboridan chetda qolmadi.

Tadbir Shanxay siyosiy-yuridik instituti, Shanxay xorij bilan madaniy almashuv jamiyati va Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi qoshidagi ShHT tadqiqotlari markazi tomonidan tashkil etildi.

Top