09:13 / 21.09.2015
2579

2015 yilda mingga yaqin suriyalik Rossiyaga boshpana so‘rab murojaat qildi

Rossiya Federal migratsiya xizmati ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilning yanvar-avgust oylarida Suriyaning 912 fuqarosi Rossiyaga vaqtinchalik boshpana berish va Rossiya hududida qochqin sifatida tan olinishini so‘rab murojaat qildi, deya xabar bermoqda “Izvestiya”.

Muassasaning aniqlik kiritishicha, 2014 yilning shu davrida 1198 nafar Suriya fuqarosi boshpana so‘rab Rossiyaga yuzlangan. Avvalroq FMX rahbari Konstantin Romodanovskiy Rossiya qochqinlarni, ular Rossiya qonunlarini buzmagan taqdirda, kutib olishga tayyor ekanini ma'lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yil boshidan buyon Yevroittifoq hududiga 500 ming atrofida muhojirlar kirib kelgan bo‘lib, ular soni kundan-kunga ortib bormoqda. Yevropa kengashining ma'lum qilishicha, mazkur migratsion inqiroz dunyoda Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirigi hisoblanadi.

Suriyada qurolli mojarolar boshlangan 2011 yil martidan buyon 240 ming nafardan ziyod tinch aholi vakillari hayotdan ko‘z yumdi. Yana millionlab kishilar o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.

Top