12:10 / 21.09.2015
2462

Arsen Venger: Diyego Kostani diskvalifikatsiya qilish kerak

"Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger APLning 6-turida “Chelsi”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda hujumchi Diyego Kosta hamda himoyachi Gabriel Paulista o‘rtasida kelib chiqqan kelishovchilik bo‘yicha munosabat bildirdi.

“Albatta, Angliya Futbol Assotsiatsiyasi (FA) Diyego Kostani diskvalifikatsiya qilishi zarur. FA bunday vaziyatlarni e'tibordan chetda qoldirmaydi.

Mayk Din esa o‘sha vaziyatni qaytadan ko‘rib chiqib, qabul qilgan qarori qanchalik to‘g‘riligi haqida o‘ylab ko‘rsin. U Diyego Kosta qanday futbolchi ekanligi juda yaxshi biladi.

Axir u bu yerda bir yildan ortiq o‘ynamoqda”, – dedi Venger.

Top