08:13 / 21.09.2015
2084

JARda 4 ming mahbus infeksiya sababli evakuatsiya qilindi

Janubiy Afrika respublikasi hukumati mamlakat janubi-g‘arbidagi Keyptaun shahrida joylashgan Pollsmur qamoqxonasida eng kamida to‘rt ming mahbusni hibsda saqlanayotganlardan biri kalamush tishlab olishi natijasida yuqtirilgan xavfli infeksiya sababli hayotgan ko‘z yumgani uchun evakuatsiya qildi.

Jazoni ijro etish muassasasi departamenti vakili Manelisi Volelaning xabar berishicha, evakuatsiya kasallik ommaviy tus olishini bartaraf etish uchun tashkil etildi. "Biz binoni zararsizlantirish bilan bandmiz, biroq ayni paytda mahbuslarni boshqa yerga ko‘chirishimiz uchun bir necha kun talab etiladi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi telekanal.

Infektsion kasalliklar milliy instituti ma'lumotiga ko‘ra, xastalik mahbuslarga yaqin hududlarda yashovchi kemiruvchilar tomonidan yana tarqatilishi mumkin.

JARda fuqarolik huquqini ta'minlash bo‘yicha Politsiya va jazoni ijro etish muassasalari kengashi (POPCRU) o‘z bayonotida mazkur qamoqxonadagi "noinsoniy muhit"ni tanqid qilib, sodir bo‘lgan hodisani "umummilliy ahamiyatga molik muammo" deb atadi.

Top