10:28 / 21.09.2015
1892

Jon Kerri AQSh 2016 yilda yana 15 ming qochqinni qabul qilishga tayyorligini ma'lum qildi

AQSh 2016 yilda mamlakatga kela olishi mumkin bo‘lgan qochqinlar sonini 70 mingdan 85 minggacha oshirdi. 2017 yilda bu raqam 100 minggacha yetishi mumkin, deb yozmoqda The Washington Post nashri.

Qayd etilishicha, bu qo‘shimcha 15 ming qochqinlarning aksariyat katta qismini suriyaliklar tashkil qiladi.

“Bu qadam AQShning ikkinchi imkoniyatlar yeri va umid mayog‘i bo‘lishi an'analariga mos keladi” deb ta'kidlab o‘tdi AQSh davlat kotibi Jon Kerri Berlinga tashrifi davomida.

Kerri qabul qilinadigan qochqinlar soni oshirilishi ehtimoli mavjudligini, biroq kongress bunga sarflanadigan xarajatlarni ma'qullashi kerakligini aytib o‘tdi. Joriy yilda qochqinlarni qabul qilish dasturi 1,1 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Top