11:15 / 21.09.2015
11394

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng qiziqarli yangiliklar (14-20 sentabr)

Hurmatli o‘quvchilar, tugayotgan haftada (14-20 sentabr) ro‘y bergan eng qiziqarli yangiliklarni takroran havola etamiz.

Olimlar: keyingi 2 yil tarixdagi eng issiq palla bo‘ladi>>

Keyingi 2 yil tarixdagi eng issiq palla bo‘lishi mumkin. Bu haqda Britaniya meteobyurosi chop etgan hisobotda aytildi.
Harorat oshishi karbonat angidridning havoga tashlanishi miqdorining oshishi va tabiiy okeanik jarayonlar omuxtaligi natijasida yuzaga kelmoqda.

Sibirda birinchi qor yog‘di>>

Rossiyaning Tomsk shahrida birinchi qor yog‘di, deb xabar bermoqda FlashSiberia nashri.

iPhone 6S detallari tannarxi 234 dollarni tashkil qilishi ma'lum bo‘ldi>>

Ekspertlar Apple kompaniyasining 64 Gb doimiy xotiraga ega yangi iPhone 6S smartfoni detallari tannarxi 234 dollarni tashkil qilishini aniqlashdi. Bu haqda Bussiness Insider nashri ma'lum qildi.

Emomali Rahmon KXShT rahbarlarini palov bilan mehmon qildi>>

Dushanba kuni kechasi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon KXShT davlatlari rahbarlari uchun tushlik tashkil qildi. Kecha norasmiy shaklda prezidentning shahardagi qarorgohida o‘tkazildi.

BAAlik 8 yoshli bola Bentley GT V8 mashinasini yutib oldi>>

Birlashgan Arab amirliklarida istiqomat qiluvchi 8 yoshli bola Emirates Islamic Kunooz oylik lotereyasida Bentley GT V8 coupé sportkarini yutib oldi

Jaguar’ning birinchi krossoveri 19 m li aylan bo‘ylab harakat qildi>>

Frankfurt avtosaloni arafasida Jaguar’ning birinchi krossoveri – F-Pace Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

Qirg‘izistonlik 25 yoshli Nazirbek qo‘lsiz kuniga 1000 somgacha pul ishlab topishni o‘rgandi>>

Qirg‘izistonning Jalol-Obod viloyati Nookent tumanida istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironi Nazirbek Taylakov kompyuterlarni sozlash orqali kuniga 700-1000 som (o‘rtacha 15 dollar) pul ishlab topmoqda.

Hyundai premium modelning birinchi prototipini ko‘rsatdi>>

Hyundai kompaniyasi Los-Anjyelesdagi san'at muzeyida Vision G nomli yangi kontseptual kupe taqdimotini o‘tkazdi. Ishlab chiqaruvchi “Bo‘lajak premial modellar oilasining boshlanmasi” deb atadi

Samsung`ning dunyodagi birinchi egiluvchi ekranli smartfoni yanvarda ishlab chiqarilishi mumkin>>

Samsung kompaniyasi displeylar ishlab chiqarish sohasida o‘z innovatsion loyihalari bilan raqobatchilarini ortda qoldirib kelmoqda. 2010 yilda kompaniya dunyoda birinchi Super AMOLED displeyli smartfonni ishlab chiqargan bo‘lsa, 2015 yilda ikki tomoni egilgan ekranga ega ilk Galaxy S6 Edge smartfonini taqdim etdi.

Yilning eng yaxshi avtomobili nomiga da'vogarlar ro‘yxati e'lon qilindi>>

«Dunyo yil avtomobili» tanlovi (World Car of the Year, WCOTY) tashkilotchilari Frankfurtdagi avtosalonda 2016 yilning eng yaxshi avtomobili nomini qo‘lga kiritishga da'vogar avtomobillar ro‘yxatini e'lon qildi.

Qustanay viloyati hokimining ismi Putinning diqqatini tortdi>>

16 sentabr kuni Rossiyaning Sochi shahriga Nursulton Nazarboyev boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi tashrif buyurdi va XII Rossiya va Qozog‘iston mintaqaviy hamkorligi forumida ishtirok etdi

Xitoyda ulkan yer osti okeani topildi>>

Tarim botig‘ida tadqiqot olib borayotgan olimlar yer ostida nihoyatda ulkan suv zaxiralari mavjud ekanini aniqlashdi

Obama qo‘lbola soat yasagan o‘smirni Oq uyga taklif qildi>>

AQSh prezidenti Barak Obama qo‘lbola soat yasagani uchun o‘qituvchilari tomonidan politsiyaga topshirilgan o‘smirni Oq uyga mehmonga taklif qildi

Fukusima yaqinida mutant baliq tutildi>>

Yaponiyada, bir vaqtlar texnogen fojia sodir bo‘lgan Fukusima qirg‘oqlarida dengizchi o‘ta g‘alati va qo‘rqinchli baliqni tutib oldi. Olimlarning taxmin qilishicha, bu baliq radiatsion avariya “mahsuli”dir.

Ulkan kastryul-tova Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi>>

Xitoyning Lyaonin provinsiyasi Panshan uyezdida yasalgan ulkan kastryul-tova Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. 2015 yil 12 sentabr kuni mazkur tovada krab dengiz qisqichbaqasi tayyorlandi

Kun fotosi: Yong‘in tufayli yuzaga kelgan tirbandlik vaqtida ko‘ngilli yo‘lovchi YPH xodimlariga yordamlashdi>>

Toshkent shahridagi yong‘in tufayli yuz bergan tirbandlik vaqtida piyodalardan biri ko‘ngilli ravishda mashinalar harakatini nazorat qilishda yordamlashdi

Obama 1 yoshli bolakayni 101 yillik tavallud ayomi bilan tabrikladi>>

AQSh Oq uyi Yuta shtatida yashovchi oila farzandiga tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabriknoma yubordi. AQSh ma'muriyatining rasmiy blankasidagi maktubda “Aziz Benjamin: 101 yillik tavallud ayoming bilan tabriklayman”, deb yozib qo‘yilgan edi

AQShda bir-biriga juda ham o‘xshash uch egizak dunyoga keldi>>

Nyu-York shahridagi Jyeyson va Kelli Fenlilar oilasida bir-biriga aynan o‘xshash uch egizak — Maylza, Noa va Ouena Fenli dunyoga keldi

Emirates parvoz davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqchi>>

Emirates aviakompaniyasi uzluksiz uchish davomiyligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishga hozirlik ko‘rmoqda. KAYAK kompaniyasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Dubay va Panama o‘rtasida reys parvozi 17 soat 35 daqiqa davom etadi.

Klichko vazn toifasidan qat'iy nazar dunyoning eng yaxshi bokschisiga aylanib oldi>>

Superog‘ir vazn toifasining WBA, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko jahon professional bokschilarining vazn toifasidan qat'iy nazar tuzilgan reytingida dunyoning eng yaxshi bokschisi sifatida ro‘yxatni birinchi o‘rniga ko‘tarilib oldi. Bu haqda Boxrec.com portali xabar tarqatdi.

Tsukerberg Facebook’da “dislayk” tugmasini yaratishga va'da berdi>>

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg foydalanuvchilar bilan muloqotning navbatdagi sessiyasi chog‘ida tarmoqqa “dislayk” tugmasini kiritishga va'da berdi. 

Samsung Galaxy S6 Edge yilning eng yaxshi smartfoni deb tan olindi>> 

Samsung qurilmasi iPhone 6, Sony Xperia Z3 Compact, LG's G4 va the HTC One M9 o‘rtasidagi keskin raqobatda g‘olib chiqa oldi. Ayni paytda, Apple kompaniyasi mazkur ko‘rgazmada birdaniga 4ta mukofotni qo‘lga kiritdi.

19 sentabrda smaylikning 33 yillik tavallud kuni nishonlandi

1982 yil 19 sentabrda Karnegi-Mellon universiteti professori Skott Falman birinchi marta uchta ketma-ket kelgan belgi – ikki nuqta, chiziqcha va yopuvchi qavsni ( :-) ) matnda “tabassum qilayotgan chehra” ifodasi – smaylik sifatida ishlatishni taklif qilgan.     

Bu yil smaylikka 33 yil to‘ldi.

VIDeO: Germaniyada ulkan Airbus layneri qo‘nish vaqtida kuchli shamol qarshiligiga duch keldi>>

Germaniya g‘arbidagi Dyusseldorf shahri aeroportiga qo‘nishni amalga oshirayotgan Airbus A380 samolyoti kuchli shamol qarshiligiga duch keldi.

Top