14:23 / 21.09.2015
9015

OAV: Suriyaning Tartus portida 1 700 rossiyalik harbiy turibdi

Rossiya harbiy dengiz flotining Tartus portidagi (Suriya) moddiy-texnik ta'minot punktida 1 700 harbiy xizmatchi joylashtirilgan. Bu haqda ayni paytda Suriyada bo‘lgan harbiy xizmatchiga tayangan holda “Kommersant'” nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, ixtilof boshida punktda bir necha yuz harbiy bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 1 700 nafarga yetgan.
“Ular obektni qo‘riqlamoqda”, - tushuntirdi gazetaga ma'lumot bergan xizmatchi.
Shuningdek, ma'lum qilinishicha, harbiylar Suriyada uch oy turishadi, so‘ng ular almashtiriladi.

Top