22:09 / 21.09.2015
2283

Sloveniya muhojirlar oqimi ortib ketgani sabab Xorvatiya bilan chegarasini yopdi

Sloveniya hukumati Xorvatiya tomonidan mamlakatga kelayotgan qochqinlar oqimi ko‘payib ketgani sababli chegaralarini to‘liq yopib qo‘yishga qaror qildi, deb xabar bermoqda M1 telekanali. 

“Sloveniya o‘z chegarasini avtomobillar va yo‘lovchilar uchun yopib qo‘ydi. Sloveniya tomonidan Xorvatiyaga esa avtomobillar o‘tishda davom etmoqda”, deb ma'lum qildi telekanal muxbiri.

Muxbirning ta'kidlashicha, ayni paytda chegara oldida chegara ochilishini kutayotgan ko‘plab qochqinlar to‘planib turibdi. Jamoatchilik tartibini saqlash maqsadida chegara bo‘ylab sloveniyalik politsiyachilar qad rostlagan.

Avvalroq Sloveniya ichki ishlar vaziri Boshtian Shefits Sloveniya ikki kun ichida 1,5 mingdan ko‘proq muxojirni ro‘yxatdan o‘tkazganini ma'lum qilgandi.

Top