23:00 / 21.09.2015
2923

Tojikiston suyultirilgan gaz importi hajmini oshirdi

Tojikiston joriy yilning 8 oyi davomida suyultirilgan gaz importi hajmini 18 foizga oshirdi. Ushbu yoqilg‘i turiga respublikada talab ancha kattadir.

Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligida ma'lum qilinishicha, joriy yilning yanvar-avgust oylarida Tojikiston 220 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz import qilgan. Bu ko‘rsatkich 2014 yilning shu davriga nisbatan 35 ming tonnaga ko‘proqni tashkil qilgan.

Tojikistonga suyultirilgan gaz asosan Qozog‘istondan import qilinadi. Shuningdek, Turkmaniston va Rossiyadan ham oz miqdorda ushbu yoqilg‘i turi yetkazib beriladi.

Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 60 foizdan ko‘proq avtotransport yoqilg‘i sifatida suyultirilgan gazdan foydalanadi.

Top