12:41 / 21.09.2015
5180

Tramp kelajakda AQShga musulmon odam prezident bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp Oq uyda musulmon diniga mansub prezident bo‘lishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Bu haqda Mediaite nashri xabar tarqatdi.

NBC telekanali dasturlarining birida boshlovchi Trampga AQSh prezidenti musulmon bo‘lishi unga qanchalik ma'qul kelishini savol sifatida bergan.

«Aytishim mumkinki, bunday vaziyat qachondir bo‘lishi mumkin», — deya javob bergan u. Shundan so‘ng milliarder qo‘shimcha qilib «ba'zi odamlarning hisoblashicha, bu allaqachon sodir bo‘lgan», deya amaldagi prezident Barak Obamaga sha'ma qilib o‘tgan.

Shunda jurnalist Trampga: «Nima uchun siz Prezidentning nasroniy diniga mansubligini va Amerikada tug‘ilganini o‘zingiz uchun tan olmaysiz», deya savol bilan murojaat qilgan.

Bunga javoban Tramp «odamlarning diniy qarashlari haqida gapirmasligini» bildirib javob qaytargan va Obamaning nasroniyligiga ishonishini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Top