21:42 / 21.09.2015
2012

Volkswagen AQShda dizel mashinalarini ekologik me'yorlarga to‘g‘ri kelmagani sababli sotishni to‘xtatdi

Germaniyaning Volkswagen konserni dizel mashinalarini AQShda qat'iy ekologik me'yorlarga to‘g‘ri kelmagani sababli sotishni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

“Biz haqiqatan ham savdolarni to‘xtatdik. Gap 4 silindrli dizel dvigatellarda ishlovchi Volkswagen i Audi’ning barcha mashinalari haqida ketmoqda”, deb aytdi konsern vakili va AQSh hukumatidan javob olmaguncha hech qanday harakatlarni amalga oshirishni rejalashtirmayotganini qo‘shimcha qildi.

Bundan tashqari, AQSh hukumati Volkswagen va Audi’ga 2009-2015 yillarda mamlakatda sotilgan 482 mingta yengil avtomobilini ortga qaytarib olish majburiyatini qo‘ydi.

AQSh nazorat muassasalarini mashinalarda ishlangan gazlarni nazorat qilish tizimi tegishli tekshiruv paytidagina to‘liq quvvat bilan ishlagani qoniqtirmadi. Avtomobildan foydalanganda gazlardagi zararli moddalar miqdori ko‘payganda esa bu tizim o‘chadi.

Top