19:52 / 22.09.2015
3009

“Manchester Yunayted” sobiq murabbiyi Fergyuson jamoa bosh murabbiyi sifatida Gvardiolani ko‘rishni istagan

“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson o‘zining o‘rniga Xosep Gvardiolani ko‘rishni istaganini tan oldi. 

Shotlandiyalik mutaxassis “Bavariya”ning hozirgi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning muxlisi hisoblanadi va uni o‘zining o‘rniga asosiy voris deb hisoblagan.

“2012 yilda biz Gvardiola bilan ovqatlanganimizda u “Barselona”ni tark etish haqida hali yakuniy qarorga kelmaganini aytgandi. Shuning uchun men unga “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi lavozimini egallashni taklif qilmaganman.

Men har doim Pepning muxlisi bo‘lganman, chunki u kataloniyaliklar bilan ko‘p unvonlarni qo‘lga kiritgan. Men Gvardiola boshqa klubning taklifini qabul qilishni istasa, menga qo‘ng‘iroq qilishini so‘ragandim. Biroq undan qo‘ng‘iroq bo‘lmagan”, deb aytmoqda Fergyuson.

Top