06:44 / 22.09.2015
2173

Aleksis Tsipras Gretsiya bosh vaziri lavozimiga qasamyod qildi

Aleksis Tsipras Gretsiya bosh vaziri lavozimiga qasamyod qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Qasamyod marosimi Afinadagi prezident saroyida bo‘lib o‘tdi. Qasamyodni mamlakat prezidenti Prokopis Pavlopulos qabul qildi.

Avvalroq Tsipras boshchilik qiladigan SIRIZA partiyasi muddatidan avvalgi parlament saylovlarida 35 foiz ovoz olgan edi. SIRIZA va “Mustaqil greklar”dan tashkil topgan koalitsiya parlamentda 300 ta o‘rindan 155 tasini qo‘lga kiritdi. 

Tsipras 2015 yil yanvardagi saylovlardan keyin yana hukumat tepasiga keldi.

Top