10:50 / 22.09.2015
4339

Anxel Di Mariya: Oilam Parijda o‘zini juda yaxshi his qilmoqda

Yozgi transferlar vaqtida "MYu"dan "PSJ" safiga o‘tgan argentinalik yarim himoyachi Anxel Di Mariya o‘zining Parij hayotiga moslashib ketgani haqida fikrlarini bildirdi.

"Hammasi juda ajoyib. Men har kuni yuzimda kulgu bilan mashg‘ulotlarda qatnashmoqdaman va bu yerda menga hamma narsa juda yoqadi. Jamoadoshlarim bilan yaxshi munosabatdaman.

Parij darhaqiqat chiroyli shahar va bu yerda oilam o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Bu esa menga bor e'tiborimni futbolga qaratishda yordam beryapti.

Bu yerga kelib ko‘rdimki, jamoada yuqori toifali futbolchilar jamlangan. Menda ular bilan birgalikda YeChLda g‘olib chiqish ishtiyoqi uyg‘ongan", - deydi Di Mariya.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam yarim himoyachi "MYu"da o‘ynagan vaqtlarda uyini o‘g‘ri tunagani uchun oilasi xotirjam bo‘la olmagani, bu Manchesterdan ketishi bo‘yicha qaror qabul qilishiga sabab bo‘lganini aytgan edi.

Ma'lumot uchun, 27 yoshli ushbu futbolchi "PSJ" safida YeChL guruh bosqichidan o‘rin olgan "Malme"ga qarshi o‘yinda gol urishga ham ulgurdi.

Top