09:27 / 22.09.2015
2195

AQShda avgust oyida 4,6 ming yolg‘iz qochqin-bola qo‘lga olingan

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi dushanda, 21 sentabr kuni Oq uyning Meksika bilan quruqlik bo‘ylab o‘tgan janubiy chegaralar orqali Amerika hududiga kirib olishga harakat qilayotgan yolg‘iz qochqin-bolalar sonining ortib borayotgani to‘g‘risidagi xabarini aniqlashtirdi.

2015 yilning avgust oyida chegaralarda 17 yoshgacha bo‘lgan 4,632 ming bola kattalar hamrohligisiz chegaralarni kesib o‘tishga harakat qilish vaqtida qo‘lga olindi, deya xabar qildi vazirlik.

Biroq ularning soni bir yil ichida 46 foizga kamaygani ma'lum qilindi. 2015 yil avgust oyiga qadar AQSh chegaralarida 35,5 ming bola qo‘lga olingan, bir yil avval esa 66 ming bola qo‘lga olindi, yana 66 ming bola esa kattalar hamrohligida chegaralarni buzib o‘tishda tutilgan.

“So‘nggi yillarda bizning mamlakatimizga zarur hujjatlarsiz kirib kelishga uringan bolalar soni keskin kamayganini kuzatayotgan edik, biroq so‘nggi oy – avgustda o‘sish kuzatildi”, - dedi dushanba, 21 sentabr kuni Oq uy vakili Josh Ernest.

Bir yil avval AQSh ma'muriyati yolg‘iz qochqin-bolalarni hibsda saqlash va ularni deportatsiya qilish masalasida xalqaro majburiyatlarni buzganlikda ayblanib, huquq himoyachilari tomonidan keskin tanqid ostiga olingan edi.

Har yili Lotin Amerikasidan yuz minglab kishilar AQSh hududiga turli yo‘llar bilan o‘tib olishga harakat qiladi. Ayni paytda AQSh hududidagi noqonuniy muhojirlar soni 11 mln nafar atrofida hisoblangan.

Top