16:53 / 22.09.2015
5852

Bred Pitt rafiqasi Anjyelina Jolining 3 nafar suriyalik yetimni asrab olishiga rozi bo‘lmadi

Gollivud aktyori Bred Pitt o‘z rafiqasi, aktrisa va rejissyor Anjyelina Jolining yana 4 nafar yetim bolani asrab olish bo‘yicha bildirgan taklifiga rozilik bildirmagan. RadarOnline nashrida yozilishicha, Joli 4 nafar suriyalik bolani o‘g‘il qilib olmoqchi edi, lekin turmush o‘rtog‘i ulardan faqat birini qabul qilishga rozi bo‘lgan.

RadarOnline nashrida yozilishicha, Joli qochqinlar lageriga safar qilganida (Joli jamoatchilik arbobi va BMT elchisi ham hisoblanadi) bu suriyalik bolalar bilan tanishib qolgandi.

Aktrisa bu bolalarni aynan qaysi mamlakatdagi lagerda uchratganiga aniqlik kiritilmagan. Bolalardan biri ingliz tilida so‘zlasha olgan va u o‘z otasini jangarilar olib ketgani, onasi esa bombardimon vaqtida halok bo‘lgani haqida aytib bergan.

Joli AQShga qaytayotganida bu bolalarni o‘zi bilan olib qaytishni istagan, lekin Pittga uning bu istagi yoqmagan.

"6 nafar bola ustiga yana 4 nafarining qo‘shilishi rostdan ham haddan tashqari bo‘lardi", deb yozadi jurnalist.

Nashrda yozilishicha, ushbu juftlik uzoq vaqt munozaralar o‘tkazgach, Bred Pitt bolalarning birini qabul rozi bo‘lgan.

Joli va Pitt oilasi suriyalik muhojir bolalarni asrab olishi haqidagi xabarlar 2015 yilning fevralidayoq paydo bo‘lgan, lekin o‘shanda ular bu xabarlarga izoh bildirishmagandi.

Ma'lumot uchun, 51 yoshli Bred Pitt va 40 yoshli Anjyelik Joli oilasida asrab olingan 3 nafar bola yashaydi - kambojalik Meddoks, vetnamlik Paksa va efiopiyalik Zaxar. Shuningdek ularning 3 nafar biologik farzandlari mavjud: Shaylo hamda egizaklar Noks va Viven.

Ushbu juftlik o‘rtasidagi munosabatlar 2005 yilda o‘rnatilgan, ular 2014 yilning avgustida rasman nikohdan o‘tishgan.

Top