14:26 / 22.09.2015
4113

Honda tarixi 2 daqiqali videorolikda aks ettirildi

Internetda Honda kompaniyasining o‘z tarixiga bag‘ishlangan videoroligi paydo bo‘ldi. Unda kompaniyaning asos solinganidan buyon bugunga qadar qilgan ishlari qisqa shaklda ifoda etib berilgan.

Rolikning xronometraji salkam 2 daqiqani tashkil etadi. Uning yaratuvchilari qog‘ozli installyatsiyalar yordamida kompaniya turli yillarda ishlab chiqargan transport vositalarini ko‘rsatib berganlar. Video generator tasviridan boshlanib, robototexnikada yakunlanadi.
Shuningdek, dizaynerlar installyatsiyalarda qo‘llanilgan qog‘ozlarga ham e'tibor berishdi: dastlab

ki eskizlar sepiyaga tushirilgan bo‘lsa, oxirgilari zamonaviy qog‘ozga chizilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Honda Motor xalqaro sanoat kompaniyasiga 1948 yilda avtomexanik Soitiro Xonda tomonidan asos solingan. U mototsikllar, avtomobillar, dvigatellar va elektrogeneratorlar ishlab chiqarishi bilan mashhur. Kompaniya shtab-kvartirasi Tokioda joylashgan.

 

Top