09:00 / 22.09.2015
1646

Ish paytida spirtli ichimlik iste'mol qilgan AirBaltic samolyoti ekipaji sardori 10 oylik qamoq jazosiga tortildi

Norvegiya sudi ish paytida mast holatda bo‘lgan AirBaltic samolyoti ekipaji sardorini 10 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda Delfi nashri.

Nashrning ma'lum qilishicha, prokuror bir yillik qamoq jazosini so‘ragan. Samolyot ekipaji sardori va yana uch nafar a'zosi parvozga chiqish oldidan tekshirilganda, ularning qonidagi alkogol miqdori ruxsat berilgan 0,2 promilledan qo‘proq bo‘lgani aniqlangan.

Avvalroq Oslo sudi samolyot ekipajining 4 nafar a'zosidan uch nafarini turli qamoq jazolariga tortgan edi: samolyotning ikkinchi uchuvchisi 6 oyga, styuardessalardan biri 45 kunga, ikkinchisi 60 kunga ozodlikdan mahrum etilgan.

Top