09:37 / 22.09.2015
2684

Jizzaxlik kirakash ayolning 13 mln so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan mijoz qo‘lga olindi

Jizzaxlik kirakash ayolni mijozi tunab ketdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, 1979 yilda tug‘ilgan Dilafro‘z ismli ayol Jizzax shahri hududida Cobalt rusumli mashinada haydovchilik qilish orqali ishlab kelgan. Bir kuni u mashinaga 1996 yili tug‘ilgan Mo‘min ismli o‘spirinni mindirib, aytilgan manzilga eltib qo‘ygan. Ammo hisob-kitob qilib, mashinadan tushish o‘rniga Mo‘min yonidan pichoq chiqarib, undan ichida 13 mln so‘m bor bo‘lgan sumkani olib qochib ketgan.

Vaqtida qilingan murojaat natijasida militsiya xodimlari talonchini tez orada qo‘lga olishgan.

Top