12:34 / 22.09.2015
3203

Osiyo taraqqiyot banki Qozog‘iston YaIM o‘sish hajmi bashoratini 1,5 foizgacha qisqartirdi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Qozog‘iston YaIM o‘sish ko‘rsatkichi 2015 yilda 1,5 foizni tashkil etishini bashorat qilmoqda, deyiladi tashkilot chop etgan yangi hisobotda.

“Qozog‘iston YaIM o‘sish ko‘rsatkichi 2015 yilda 1,5 foizni tashkil etib, bu mart oyidagi 1,9 foizlik bashoratdan kamdir”, - deyiladi xabarda.

Bank ma'lumotiga ko‘ra, xalqaro EKSPO-2017 ko‘rgazmasini tashkil etish fonidagi investitsiyalar va 2016 yilda eksport raqobatbardoshligining ortishi natijasida 2016 yildagi o‘sish ko‘rsatkichi avval bashorat qilinganidek 3,8 foiz emas, balki 3,3 foizni tashkil etadi.

OTB MArkaziy Osiyo davlatlarida o‘sish ko‘rsatkichi 2015 yilda 3,3 foiz, 2016 yilda esa 4,2 foiz atrofida bo‘lishini bashorat qilmoqda. Bu avvalgi bashoratlarga qaraganda kamroq ekanini anglatadi. Xom ashyo mahsulotlari narxining arzonlashuvi va Rossiya Federatsiyasidagi inqiroz sababli 3,5% va 4,5% natijalar qayd etilmasligi mumkin.

“Neft va gaz narxi pasaygani ortidan eksportdan olinuvchi daromad kamayib, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonning o‘sish ko‘rsatkichlari sustlashadi. Mintaqadagi inflyatsiya darajasi 2015 yilda 8,1 foiz va 2016 yilda 7,5 foiz atrofida bo‘ladi”, - deyiladi hisobotda.

Top