11:17 / 22.09.2015
2456

Skype messenjeri faoliyati qayta tiklandi

Microsoft kompaniyasi mutaxassislari Skype bilan yuzaga kelgan nosozliklar oradan 18 soat o‘tib to‘liq bartaraf etilganini ma'lum qilishdi.

Ayni paytda messenjerdan foydalanish bo‘yicha hech qanday muammo kuzatilmayapti.

"Biz xursandchilik bilan sizga ma'lum qilamizki, Skype xizmati faoliyati to‘liq tiklandi. Sabringiz uchun rahmat", deb yoziladi servisning tvitterdagi akkauntida.

Eslatib o‘tamiz, xizmat faoliyatida muammolar 21 sentabr kuni yuzaga keldi. Dastlab nosozlik faqatgina mulohaza (status)larni o‘zgartirishda kuzatilgan bo‘lsa, keyinchalik foydalanuvchilarning barcha abonentlari oflaynda turgandek ko‘rinib, ularga xizmat orqali qilish imkoni yo‘q bo‘lib qolgani ma'lum qilindi.

Ma'lumot uchun, ushbu xizmatdan foydalanuvchilar soni 500 milliondan oshadi. Xizmatning oylik auditoriyasi esa 170 mln atrofida.

2011 yilda Microsoft ushbu messenjerni 8,5 milliard dollar evaziga xarid qilgandi.

Top